DTPI rektori xorijlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
18/04/2026
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev institutda tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonidagi imkoniyatlar hamda ularning O‘zbekistondagi talabalik hayotini yanada mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📌 Uchrashuvda rektor xorijlik talabalarni institut hayotida faol ishtirok etishga, ilmiy va madaniy tadbirlarda qatnashishga chaqirdi. Shuningdek, institutda zamonaviy o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, sport inshootlari hamda talabalar uchun qulay ta’lim muhiti yaratilgani alohida ta’kidlandi.
❇️ Suhbat davomida xorijlik talabalar uchun tashkil etilayotgan bepul o‘zbek tili kurslari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📍 Rektor O.A.Ruziyev institut rahbariyati xorijlik talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini bildirdi.