Surxondaryoda besh kun davom etgan “Media haftalik” yakunlandi

18/04/2026

🏛 O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va matbuot kotiblarini birlashtirgan yirik “Media haftalik” tashkil etildi.

💬 Unda jurnalist va blogerlar, axborot xizmati rahbarlari hamda SMM va mobilograf yoshlar, sohaga yangi kirib kelayotgan iqtidorlar besh kun davomida yetakchi va taniqli moderatorlardan amaliy ko‘nikma va bilimlarni olishdi.

🔵 Media haftalik yakunida viloyatimizdagi OTM matbuot kotiblari ham faol ishtirok etib, zamonaviy media muhitidagi talab va tendensiyalar bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.

🖌 Haftalik yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.