Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan hamkorlik kengaymoqda!
27/06/2025
Indoneziyaning Pendidikan universiteti UPI Cibiry Kampusi direktori Deni Darmavan hamda professor Neni Herlina institutimizga taşrif buyurib, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.
Taşrif davomida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari, ilmiy va taʼlim sohasidagi istiqbolli yōnalişlar muhokama qilindi. Şu bilan birga, yangi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş bōyiça kelgusidagi rejalar belgilandi.
Kelajakda birgalikda amalga oşiriladigan loyihalar va dasturlar orqali taʼlim sifatini oşiriş hamda talabalar va professor-ōqituvçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş rejalaştirilmoqda.
Uşbu taşrif doirasida mavjud xalqaro memorandum doirasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Pedagogika fakulteti va 3 ta kafedra ōrtasida hamkorlik şartnomalari imzolandi:
Pedagogika va psixologiya
Maktabgaça taʼlim
Axborot texnologiyalari
Uşbu kelişuvlar xalqaro ilmiy va akademik almaşinuv, qōşma loyihalar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.