27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

27/06/2025

Termiz şahridagi “Mumtoz” tantanalar saroyida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bōlib ōtdi. Unda 400 ga yaqin jurnalist, naşriyot va matbaa sohasi vakillari, faxriy jurnalistlar hamda blogerlar iştirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov iştirok etib, Prezidentimizning soha xodimlariga yōllagan tabrigini ōqib eşittirdi va barça axborot sohasi vakillarini bayram bilan tabrikladi.

Ayni paytda viloyatda 37 ta gazeta va jurnal, 3 ta televideniye, 1 ta radio, 4 ta rasmiy veb-sayt faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, markaziy OAV vakillari ham hududdagi yangilik va ōzgarişlarni xolis yoritişga xizmat qilmoqda. 70 dan ortiq davlat idora va taşkilotlaridagi axborot xizmatlari jamiyatda oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaşga ōz hissasini qōşmoqda.

Tantanali tadbirda sohaga qōşgan faol hissasi uçun 35 dan ziyod jurnalist, bloger va axborot xizmatlari xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovḡalari bilan taqdirlandi.

Tadbir bayramona dasturxon va sanʼatkorlarning kuy-qōşiqlari bilan yanada mazmunli tusda ōtkazildi.