Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilari dastlab Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasida talabalarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Seminarda Termiz davlat universitetining nufuzli olimi, kimyo fanlari doktori, professor Turaev Xayit Xudaynazarovich ishtirok etib, ilmiy tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar va izlanuvchilar bilan fikr almashdi.
Seminar davomida ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar chop etish hamda tadqiqotchining ilmiy nufuzini oshirish bilan bog‘liq muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.