Hamkorlik

18/09/2026
🏢 2026-yil 17-sentyabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Ta’lim akademiyasi bazasida o‘tkazilgan “Sovremennaya obrazovatelnaya strategiya v usloviyax sifrovizatsii, inklyuzii, mejyazыkovogo i mejkulturnogo dialoga” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilaridan Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD), dotsent Bobakulova Dilfuza Melibaevna, p.f.f.d. (PhD), Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b. Chorieva Sharofat Turaevna, Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Odinababaev Fazliddin ishtirok etdilar.


🔷 Tashrif davomida institut rektori O.A.Ruziyev nomidan Karimova Irina Xolovnaga samimiy tabriklar yo‘llanib, sovg‘alar taddim etishdi. Shuningdek, iliq uchrashuv doirasida ishtirokchilar o‘zaro esdalik sovg‘alari bilan almashdilar.

🖋 Mazkur uchrashuv ilmiy-pedagogik hamkorlik, o‘zaro hurmat va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.