IKKINCHI OLIY TA’LIM BO‘YICHA SUHBAT JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
26/08/2026
Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun my.edu.uz platformasi orqali ariza topshirgan talabgorlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Suhbatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq takomillashtirilgan Nizom asosida shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.
🗓 Suhbat kunlari: 26–27-avgust ⏰ Vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha 📌 Eslatib o‘tamiz: Suhbat jarayonlari ertaga, 27-avgust kuni ham davom etadi. Barcha talabgorlardan belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.