Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mustaqillik soati” tashkil etildi

26/08/2026

🏛 Mustaqilligimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mustaqillik soati” tadbiri o‘tkazildi.

🖋 Tadbir davomida mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlar hamda xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan ezgu tashabbuslarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr almashildi.

✅ Shuningdek, yurtimizning taraqqiyot yo‘li, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va mustaqillik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.