Sizlar institutimizning eng katta boyligi, faxri va kelajagisiz. Ilm olişga bōlgan intilişingiz, zamonaviy kasblarni puxta egallaşga bōlgan iştiyoqingiz, innovatsion ḡoyalaringiz, ilmiy izlanişlaringiz hamda ijtimoiy hayotdagi faolligingiz bizni çeksiz quvontiradi.
Bugungi globallaşuv davrida yuksak bilim, mustahkam maʼnaviyat, tanqidiy fikrlaş, zamonaviy texnologiyalarni egallaş va xorijiy tillarni puxta ōzlaştiriş har bir yoş uçun muhim vazifadir. Işonçim komilki, sizlar ana şunday zamonaviy bilim va kōnikmalarga ega bōlgan, yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaydigan, xalqimiz işonçini oqlaydigan barkamol mutaxassislar bōlib yetişasiz.
Biz, institut jamoasi, sizlarning har bir taşabbusingizni qōllab-quvvatlaşga, sifatli taʼlim olişingiz, ilmiy salohiyatingizni rōyobga çiqarişingiz hamda iqtidoringizni namoyon etişingiz uçun barça imkoniyatlarni yaratişga doimo intilamiz. Sizlarning har bir yutuḡingiz biz uçun faxr va ḡurur manbaidir.
✨ Aziz yoşlar!
Heç qaçon ulkan maqsadlar qōyişdan çōçimang. Bilim olişdan, izlanişdan va ōzingiz ustingizda işlaşdan aslo tōxtamang. Vatanga sadoqat, halollik, mehnatsevarlik va yuksak maʼnaviyat sizlarni doimo uluḡ marralar sari yetaklasin.
🎊 Yoşlar kuni munosabati bilan barçangizga mustahkam soḡlik, oilaviy baxt-saodat, çeksiz kuç-ḡayrat, ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar hamda ezgu orzu-intilişlaringizning rōyobini tilayman.
🇺🇿 Yoşlar kuni barçangizga muborak bōlsin! 💙 Hurmat bilan,
O. A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori