2026–2027 o‘quv yili qabuli: Abituriyentlar uchun qulay sharoitlar yaratish ishlari jadal davom etmoqda
06/07/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026–2027 o‘quv yili qabul jarayonini yuqori saviyada tashkil etish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur qulayliklarni yaratish bo‘yicha ishlar izchil olib borilmoqda.
Qabul jarayonida murojaat qiluvchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, hujjat topshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish, kutish hududlarini tayyorlash, yo‘naltiruvchi belgilarni o‘rnatish hamda zarur axborot bilan ta’minlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi — har bir abituriyent uchun qulay, tartibli qabul jarayonini tashkil etish hamda ularga o‘z kelajagi sari ishonch bilan qadam qo‘yishlari uchun munosib sharoit yaratishdir.
🌟 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti barcha abituriyentlarni samimiy kutib qoladi.