Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha yakunlandi va Karyera festivali o‘tkazildi

27/06/2026

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamkorligida amalga oshirilgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasining yopilish marosimi va Karyera festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Ashurov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toivo Klaar, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii, shuningdek xalqaro tashkilotlar, loyiha hamkorlari, ish beruvchi tashkilotlar va afg‘on diasporasi vakillari ishtirok etishdi.



Tadbir davomida loyiha doirasida erishilgan natijalar taqdim etildi, loyiha ishtirokchilari va bitiruvchilari bilan muloqot qilindi hamda bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.