Hurmatli va qadrli jamoa aʼzolari, ustozlar, xodimlar va aziz talaba-yoşlar!

21/03/2026

⚡️Avvalo, Sizlarni kirib kelayotgan bahorning eng uluḡ va qutluḡ ayyomi – Navrōz bayrami munosabati bilan çin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Navrōz qadim-qadimdan xalqimiz tomonidan eʼzozlab kelinayotgan, yangilaniş, poklaniş, mehr-oqibat va ezgulik timsoli bōlgan milliy bayramdir. Uşbu qutluḡ kun tabiatning uyḡonişi, hayotning yangilanişi, inson qalbida ezgu niyat va umidlarning jōş urişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Navrōz – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizning yorqin ifodasi bōlib, xalqimizning baḡrikengligi, mehr-oqibati hamda birlik va hamjihatlik fazilatlarini yanada mustahkamlaydi. Asrlar davomida ajdodlarimiz bu bayramni ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat va ōzaro hurmat ruhida nişonlab kelganlar.

📌 Aziz jamoamiz aʼzolari! Sizlar ōz bilim va salohiyatingiz, fidokorona mehnatingiz hamda yurtimiz ravnaqi yōlida olib borayotgan samarali faoliyatingiz bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qōşib kelmoqdasiz. Sizlarning saʼy-harakatlaringiz tufayli yoş avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalaş yōlida ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Şu muborak Navrōz ayyomida barçangizga mustahkam soḡlik, xonadonlaringizga tinçlik-osoyiştalik, fayz-u baraka tilaymiz. Qalbingizni doimo quvonç va baxt tark etmasin, har bir kuningiz bahorning gōzal nafasidek iliq va barakali bōlsin. Oilangizda totuvlik, hayotingizda esa yangi zafar va yutuqlar hamişa hamroh bōlsin. Navrōz bayrami barçamizga yangi kuç-ḡayrat, ezgu niyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yōlida olib borayotgan şarafli faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz.