DTPI vakili xalqaro seminar-treningda faol ishtirok etdi
04/06/2026
2026-yil 3-iyun kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Foundation for International Business Administration Accreditation (FIBAA) hamkorligida “Tamoyildan amaliyotgacha: oliy ta’lim tashkilotlarida sifatni ta’minlash boshqaruvi va xalqaro akkreditatsiyaga eltuvchi yo‘l” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i D.Shukurov ham faol ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida 200 dan ortiq ekspert va oliy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan oliy ta’limda sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, xalqaro akkreditatsiya talablari, ta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar muhokama qilindi.