Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi O‘rozov Faxriddin Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan inklyuziv taʼlim yo‘nalishidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
🤝 Konferensiya doirasida Indoneziyaning Universitas Yudharta Pasuruan universiteti bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
📚 Mazkur memorandum doirasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
🌍 Ushbu xalqaro hamkorlik DTPI professor-o‘qituvchilari va talabalarining xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tajriba almashishi hamda taʼlim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.