Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy uchrashuv tashkil etildi
02/06/2026
⚡️ Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida adabiy-badiiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida atoqli shoirning boy ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, Vatanga muhabbat, insonparvarlik va milliy qadriyatlarni tarannum etgan asarlarining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
📌Shuningdek, talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar yod olindi, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir yoshlarni milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda buyuk adiblar merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.