“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oldidan mehmonlar institut imkoniyatlari bilan tanishtirildi
02/06/2026
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” madaniy-ma’rifiy tadbiri oldidan tashrif buyurgan mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi.
🖇 Mehmonlar institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv va amaliyot xonalari, axborot-resurs markazi hamda talaba-yoshlarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
📌 Tashrif davomida institutda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.