
Oʻtmishingga nazar solsam bobolarning dodi bor,
Qodiriy va Choʻlponlarning yuz yillik faryodi bor,
Ne – ne buyuk oʻgʻlonlarning oʻchib ketmas yodi bor,
Aziyatlar chekkan elim , koʻksimdagi jon aziz,
,,Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Qancha zahmatlar kechib, daddini baland tutgan,
Vatanga mehr berib, vatan deya qon yutgan,
Oʻz xalqini suygan-u, oʻzligini unutgan,
Elim olgʻa qadam bos qancha koʻp imkon aziz,
,,Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Baland – baland qirlarda kishnaganda Boychibor,
Yuksak marrani koʻzlab turganlarga baxt yubor,
Mudom ona xalqimga boʻlsin deyman tole yor,
Marralar sari otlan eng avval inson aziz,
,,Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Navoiyning izdoshimiz, yoʻldoshimiz sabrning,
Sohibqiron avlodimiz poyoni yoʻq qadrning,
Termiziylar,Buxoriylar, Ibn Sino, Boburning,
Qadri baland buyuk elmiz dildagi doston aziz,
,,Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Biz polvonlar farzandimiz, biz daholar farzandi,
Koʻngli ochiq, qoʻli ochiq, xotamitoy va tanti,
Olam aro hikmat ekkan pok insonlar dilbandi,
Yuragida oʻti bor el monandi arslon aziz,
,,Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Dilnoz Mushfiq olamga boq, atrof goʻzal farovon,
Yangi davru zamon keldi, borliq boʻldi guliston,
Biz yoshlarni qoʻllayapti ona yurt Oʻzbekiston,
Axdi bor el, qaddi baland tengi yoʻq Sulton aziz,
,,Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Dilnoz Mushfiq Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVGA
Gʻamxoʻr ota qayda bor
Umid ila yangi kunni biz orziqib kutgandik,
Bugun yana maʼrifat deb, ona yurt deb oʻrtandik,
Mehr berib yashamoqni ajdodlardan oʻrgandik,
Asl navo oʻylab boqsam faqat oʻtligʻ kuyda bor,
Ayting sizdek kuyunchak bir gʻamhoʻr ota qayda bor.
Koʻnglimizni ezgulikning nuri bilan yoritgan,
El dilini osmon etib gʻamlarini aritgan,
Oʻzni yurtga fido etib, borligini unitgan,
Xalq koriga yaraydigan oʻgʻlonlar har joyda bor,
Ammo sizdek mehridaryo gʻamhoʻr ota qayda bor.
Togʻlar bilan tenglashguvchi, bellashguvchi togʻlar bor,
Bulbullarga hasad qilar, qargʻalar bor, zogʻlar bor,
Yaxshilardan yer yuzida qolguvchi gul bogʻlar bor,
Tunga oro berguvchi baxt faqatgina oyda bor,
Koʻngli osmon mehnatsevar gʻamhoʻr ota qayda bor.
Hayqirganda soylar shashti quloqlarga chalinar,
Kuydursa gar quyosh tafti yuragingiz kuyunar,
Ona xalqim bagʻringizdan mehr koʻrib suyunar,
Muhabbatning koshonasi ostonasi dilda bor,
Sizdek mehri daryo buyuk gʻamhoʻr ota qayda bor.
Munavardur oʻtgan har tong aslida siz bor uchun,
Mislsiz bu olam aro baxtu omad yor uchun,
Unitilmas lahzalarga yurak yonar or uchun,
Bir borgina uchrashmoqlik bilsangiz har dilda bor,
Ertamizni oʻylaguvchi sizdek ota qayda bor.
Gulpoyingiz ona xalqning koʻzlariga toʻtiyo,
Siz taratgan mehrmi-yo, yo , ilohiy nurmi-yo,
Alloh oʻzi inom etgan siz benazir pirmi-yo,
Muruvvatli, maʼrifatli insonlar har joyda bor,
Lekin sizdek pok niyatli gʻamhoʻr ota qayda bor.
Dilnoz Mushfiq.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Prezidentimga xat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidan
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Dilnoz Mushfiq (Saidova Dilnoz Jumayevna) tomonidan
MINNATDORLIK XATI
Muhtaram Prezident!
Sizning rahbarligingizda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xususan, ilm-fan, taʼlim va adabiyot ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor mening ham hayotimni tubdan oʻzgartirdi. Bugun qalbimda joʻsh urgan shukronalik hissi bilan Sizga ushbu dil izhorlarimni bitmoqdaman.
Yurtimizda yaratilgan teng imkoniyatlar sababli men 42 yoshimda talaba boʻlish baxtiga muvaffaq boʻldim va nasib etsa, tez kunda oliy maʼlumotli mutaxassis diplomini qoʻlimga olaman. Taʼlim va ijod sohasiga qadam qoʻygan ilk kunlarimdanoq davlatimizning doimiy qoʻllab-quvvatlashini his etib kelmoqdaman. Siz ochib bergan keng imkoniyatlar eshigi tufayli qisqa fursatda mamlakatimizda 6 ta koʻkrak nishoni sovrindori boʻldim. Ular “Taʼlim fidokori”, “Uzduk qallamger “, “Isteʼdod”, ” Tashabbuskor islohotchi”, “Oʻz kasbining faoli”, “Igor fermer” kabi koʻkrak nishonlari.2022-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindim. Oʻz ijodiy mehnatlarim bilan 2024-yilda xalqaro „Oltin qalam“ milliy mukofoti sohibasi boʻlish baxtiga erishdim.
Shuningdek, Siz tomoningizdan maktablarda ijodkorlarga qaratilgan yuksak eʼtibor samarasi oʻlaroq, 2026-yilda oʻzim faoliyat yuritayotgan Sariosiyo tumanidagi 89-umumtaʼlim maktabida ijodim munosib baholanib, „Dilnoz Mushfiq kutubxonasi“ tashkil etildi.
Muhtaram Yurtboshi!
Erişgan barcha yutuqlarim va qalbimdagi „Kim edimu kim boʻldim?“ degan savolning javobi bevosita Sizning xalqparvar siyosatingiz bilan bogʻliqdir. Sizning adabiyotga, ziyo maskanlariga berayotgan eʼtiboringiz meni doimo yangi marralar sari chorlaydi.
Oʻzbek adabiyoti, xalq maʼrifati va yoshlar tarbiyasi yoʻlidagi kamtarona xizmatlarim, erishgan muvaffaqiyatlarim hamda xalq ichidan chiqqan ijodkor sifatidagi faoliyatimni ravonlashib borishi sizning sayi harakatlaringiz samarasidir.
Xalqning orasida xalq bilan hamnafas ekanim. Sizning va xalqning mehri menga ulkan kuch bagʻishlamoqda.
Barchasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman hurmat bilan Dilnoz Saidova
Dilnoza Mushfiq Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
2-iyun, 2026-yil.