“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovining institut bosqichiga arizalar qabuli boshlandi!

08/05/2026

Innovatsion rivojlanish agentligi oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur tanlovni e’lon qiladi.

🖥Tanlovning asosiy shartlari va talablari:
✅ Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar.
✅ Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi.

🗓Tanlovning institut saralash bosqichi uchun arizalar 2026-yil 11-mayga qadar (shu kuni ham soat 23-59 gacha) qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: +998977550747
@Sattorov_6137