📌 Pedagogika fakultetida Yoşlar kuni munosabati bilan Sariosiyo tumanida joylaşgan harbiy qism vakillari taklif etilib, ular iştirokida 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan “Xotira-muqaddas, qadr-abadiy” mavzusida uçraşuv bōlib ōtdi.
💬 Sōzga çiqqanlar bu kunning mazmun-mohiyati, tinç kunlar qadri, uruş qahramonlari, jasorat, mardlik, vatanparvarlik haqida ibratli fikrlarni bayon etdilar.
🔰 Tadbir taşkilotçilaridan Boşlanḡiç taʼlim metodikasi kafedrasi ōqituvçisi Nuriddin Şukurov harbiylar hayoti, tinçlik posbonlarining maşaqqatli mehnat faoliyati haqida sōz yuritib, dilrabo qōşiqlar bilan davraga fayz olib kirdi.
🖇 Mazkur harbiy qism bilan fakultet ōrtasida imzolangan memorandum asosida doimiy ravişda bu kabi tadbirlarni ōtkazib boriş, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini şakllantiriş haqida fikr-mulohazalar almaşinildi.