DTPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni: navbatdagi guruhlar sinovdan o‘tmoqda

09/07/2026

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni davom etmoqda.

🏃‍♂️ Bugun navbatdagi guruhlardagi abituriyentlar imtihon maydoniga yetib kelishdi. Ular ham Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talablariga muvofiq, 100 va 1000 metrga yugurish bo‘yicha o‘z imkoniyatlari hamda jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🔰 Tuman markaziy o‘yingohida qabul komissiyasi mas’ullari tomonidan yangi guruh abituriyentlariga imtihon tartibi, qoidalari va xavfsizlik choralari haqida qaytadan batafsil tushunchalar berildi.

🖌 Abituriyentlar belgilangan tartibda guruhlarga bo‘lingan holda ketma-ketlikda musobaqalarga kirishmoqdalar. Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda davom etmoqda. Bo‘lajak talabalarga omad tilaymiz!