Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
08/07/2026
💬 Ayni paytda, imtihonlarning 1-kuni, qabul komissiyasi a’zolari tomonidan abituriyentlarning hujjatlari tekshirilib, maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda imtihon xonalariga kuzatilmoqda.
📌 Imtihonlar malakali mutaxassislar tomonidan shaffof holda bo‘lib o‘tmoqda. Abituriyentlar mahoratlarini namoyon etishib, turli cholg‘u asboblarida musiqa chalib, qo‘shiq kuylashmoqda.
✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!