DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA IKKINÇI OLIY TAʼLIMGA QABUL BOŞLANDI!

10/07/2026

Oliy maʼlumotga ega bōla turib, qisqa muddatda mutaxassislik yōnalişingizni ōzgartiriş yoki ikkinçi diplomni qōlga kiritişni istaysizmi? Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) sizga bu imkoniyatni taqdim etadi!

📅 Qabul muddati: 10-iyuldan 10-avgustga qadar (şu kuni ham)

💡 ASOSIY QULAYLIKLAR VA ŞARTLAR:

⚡️ Mutlaqo BEPUL: Hujjat topşiriş uçun heç qanday tōlov undirilmaydi.

📝 Suhbat asosida: Imtihonlar test materiallarisiz, faqat suhbat şaklida ōtkaziladi.

🎓 Vaqtni tejang: Ōquv jarayoni birdaniga 2-kursdan boşlanadi (ōqiş muddati 1 yilga qisqaradi).

💳 Ta’lim shakli: O‘qish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.

💻 ONLAYN HUJJAT TOPŞIRIŞ TARTIBI:
Hujjatlar platformasi, Yagona portal (my.gov.uz) yoki Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali onlayn qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
Pasport (ID-karta) va JŞŞIR maʼlumotlari.
Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi (Xorijiy diplomlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan ōtgan bōlişi lozim).
Tanlangan oliy taʼlim muassasasi (DTPI) va taʼlim yōnalişi.

⚠️ Eslatma: Talabalikka tavsiya etilganda diplom va ilovaning asl nusxasi taqdim etilişi şart.

📊 2026/2027-ŌQUV YILI UÇUN KVOTALAR VA YŌNALIŞLAR (Jami: 1200 ta ōrin)
Institut Kengaşi tomonidan mustaqil belgilangan kvotalar taqsimoti:

☀️ KUNDUZGI TAʼLIM (900 ta ōrin):
Pedagogika, Maktabgaça taʼlim, Boşlanḡiç taʼlim, Musiqa taʼlimi, Ōzbek tili va adabiyoti, Ona tili va adabiyoti: rus tili, Xorijiy tili va adabiyoti: ingliz tili, Jismoniy madaniyat, Tarix, Filologiya va tillarni ōqitiş: ōzbek tili, Filologiya va tillarni ōqitiş: ingliz tili, Psixologiya, Sotsiologiya, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Bank işi, Biznesni boşqariş, Biologiya, Kimyo, Fizika, Matematika, Amaliy matematika, Kompyuter injiniringi, Sunʼiy intellect, Kimyo muhandisligi, Oziq-ovqat texnologiyasi, Quriliş muhandisligi, Yōl muhandisligi, Qişloq xōjalik mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş texnologiyasi, Ijtimoiy iş, Turizm va mehmondōstlik taʼlim yōnalişlari.

🌙 KEÇKI TAʼLIM (175 ta ōrin):
Ona tili va adabiyoti: rus tili, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Bank işi, Fizika, Matematika, Amaliy matematika taʼlim yōnalişlari.

💻 MASOFAVIY TAʼLIM (125 ta ōrin):
Tarix, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Bank işi taʼlim yōnalişlari.

📞 ALOQA VA MANZIL:
Suhbat kunlari va boşqa yangiliklar institut rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.

Masʼul şaxs: Nazirov Baxtiyor

Telefon raqami: +998 99 677 60 22

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Boḡ kōçasi, 112-uy.