DTPIda 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari uçun institut bōylab tanişuv sayohati taşkil etildi.

07/09/2026

Unda ota-onalar oliygohda talabalar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan taniştirildi.

⭐️Dastlab, Karyera markazida ota-onalarga talabalarning kelgusida ōz mutaxassisliklari bōyiça amaliyot ōtaşi, kasbiy kōnikmalarini rivojlantirişi hamda munosib iş ōrinlariga joylaşişi uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

✅ Şundan sōng mehmonlar Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanişdilar. Ularga kutubxonaning boy kitob fondi, elektron taʼlim resurslari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda ōquv zallarida yaratilgan qulay şart-şaroitlar namoyiş etildi.

📌 Bunday oçiq muloqot va tanişuv tadbirlari institut va ota-onalar ōrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, talabalar taʼlim-tarbiyasida ōzaro hamjihatlikni taʼminlaş hamda ota-onalarning oliygoh hayoti bilan yaqindan tanişişiga xizmat qiladi.