Joriy yilning 7-sentabr sanasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga qabul qilingan 1-bosqich talabalalarini ko’tarinki kayfiyatda qabul qilish uchun DTPI psixologi D.Xolmuminova, Filologiya fakulteti dekani o’rinbosari N.Shaymardanova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani o’rinbosari B.Jo’rayev hamkorligida “Yangi hayot-yangi imkoniyatlar” mavzusida psixologik trening tashkil qilindi.
Treningda 1-bosqich talabalari ruhiyatini yanada ko’tarish uchun DTPI rektori O.Ruziyev ham ishtirok etdi. Bu tadbirdan maqsad; Talabalarda hayotdagi yangilanishlarga ijobiy munosabatni shakllantirish, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni oshirish, kelajak uchun aniq maqsadlar qo‘yishga undash hamda qiyinchiliklardan keyin yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat.
Hayot — bu faqat yangi kunning boshlanishi emas. Bu yangi fikr, yangi maqsad, yangi qaror va yangi imkoniyatdir. Inson o‘z hayotini o‘zgartirish uchun avvalo o‘ziga ishonishni boshlashi kerak.