DTPI DELEGATSIYASI MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMIDA ISHTIROK ETMOQDA

28/10/2026

Bugun, 28-oktabr kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Forum Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda yangi xalqaro tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan.

Tadbir doirasida akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, diplom va malakalarni o‘zaro tan olish, ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

DTPI delegatsiyasining forumdagi ishtiroki institutning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb eta