​“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi!

27/10/2026

​Poytaxtimizda Ta’lim va ilm- fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi rasman ochildi.
​Uch kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli ishlanmalar va yangi biznes g‘oyalar namoyish etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasida tajriba almashish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
​Quvonarli tarafi, ushbu nufuzli xalqaro forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
​Xususan, tadbirda institut rektori O.Ro‘ziyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Primqulov, Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Jo‘rayev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.Sattorov hamda institutning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari qatnashmoqda.
​Institutimiz vakillariga innovatsion g‘oyalar namoyishi va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!