“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga

28/10/2026

Poytaxtimizda Ta’lim va ilm- fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi rasman ochildi.

​Uch kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli ishlanmalar va yangi biznes g‘oyalar namoyish etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasida tajriba almashish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

​Quvonarli tarafi, ushbu nufuzli xalqaro forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

​Tadbirda institutımız rektori O.Ro‘ziyev rahbarlıgıda institutning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari qatnashmoqda.