Oliy taʼlim taşkilotlari axborot xizmati xodimlariga malaka oşiriş sertifikatlari topşirildi

07/07/2025

3–5-iyul kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taşkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari ōz yakuniga yetdi.

Uşbu ōquv dasturining birinçi çaqiruvini muvaffaqiyatli tamomlagan 48 nafar axborot xizmati xodimiga sertifikatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qōnḡirotboy Şaripov tomonidan topşirildi.

Mazkur malaka oşiriş kursi axborot xizmatlari faoliyatida ilḡor yondaşuvlar, raqamli kommunikatsiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanişni kengaytiriş, axborot siyosatini professional darajada yuritiş kōnikmalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi