Denovda ham muhandis-arxitektor talabalarning işlanmalari taqdimot qilindi
10/02/2026
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov Denov tumanida arxitektura va quriliş yōnalişlarida tahsil olayotgan talabalar bilan uçraşuv ōtkazdi.
Uçraşuv davomida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining arxitektura hamda quriliş yōnalişlari talabalari tomonidan Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi “oḡir toifa”ga kiruvçi mahallalar uçun işlab çiqilgan master-rejalar taqdim etildi.
Masʼul taşkilotlar bilan hamkorlikda, zamonaviy yondaşuvlar va ilmiy işlanmalar asosida tayyorlangan uşbu loyihalar mahallalarni kompleks rivojlantiriş, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillaştiriş, şuningdek, aholi uçun qulay va estetik şaharsozlik muhitini yaratişga qaratilgan.
Taqdimot jarayonida loyihalar yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirilib, ularni amaliyotga joriy etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Viloyat rahbari talabalar bilan hamkorlikni davom ettiriş, taqdim etilgan işlanmalar asosida master-rejalarni yanada takomillaştiriş bōyiça vazifalarni belgilab berdi.