Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov Denov tumanida bōlib ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Viloyatimiz hokimi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari tomonidan “Yoşlik” mahallasini kompleks rivojlantiriş loyihasi bilan tanişdi.
Loyiha quriliş va arxitektura, Qişloq xōjaligi va Iqtisodiyot yōnalişlarida amalga oşirilmoqda.
Loyihaning maqsadi: Denov tumanidagi oḡir toifadagi “Yoşlik” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxşilaş, aholi bandligini oşiriş, infratuzilmani rivojlantiriş hamda tomorqa va kiçik biznes imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida işlab çiqildi.
Loyihaning asosiy vazifalari: Mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, aholining daromad manbalarini kōpaytiriş, tomorqa yerlaridan samarali foydalaniş, yoşlar va ayollar band taʼminlaşdan iborat.