Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida buyuk şoir va mutafakkir Mir Alişer Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan ōtkazilayotgan tadbir doirasida Alişer Navoiy haykaliga gul qōyiş marosimi bōlib ōtdi.

09/02/2026
Ayni daqiqalarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Ş. Raşidov kōçasi, 360-uyda joylaşgan binosi hududida buyuk şoir va mutafakkir Mir Alişer Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan aziz bobokalonimiz haykalining tantanali oçiliş marosimi bōlib ōtmoqda.
Mazkur marosimda Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev tabrik sōzlari bilan iştirok etib, Mir Alişer Navoiy merosining bugungi yoşlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati haqida fikr bildirmoqda.
Tadbirda faxriylar, professor-ōqituvçilar, institut xodimlari hamda talaba-yoşlar faol qatnaşib, milliy merosimizga bōlgan yuksak hurmat va eʼtiborni namoyon etişmoqda. Bayramona ruhda ōtayotgan marosim barçaga kōtarinki kayfiyat va maʼnaviy ruh baḡişlamoqda.