“Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zōravonlik holatlarining oldini oliş bōyiça qōşimça taşkiliy-huquqiy çoralar tōḡrisida”gi PF-33-sonli Farmoni yuzasidan

16/03/2026

Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yil 3 mart kuni Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zōravonlik holatlarining oldini oliş bōyiça qōşimça taşkiliy-huquqiy çoralar tōḡrisida”gi PF-33-sonli Farmoni qaubl qilindi.

Mazkur farmon maqsadi;

(a) nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişiş holatlarining (erta nikoh) oldini olişga erişiş, ota-onalarning ōz voyaga yetmagan farzandlari uçun masʼuliyatini yanada oşiriş;

(b) moliyaviy mustaqillikka erişgan va oila qurişga har tomonlama tayyor bōlgan yoşlar ōrtasida nikoh tuzişni raḡbatlantiriş;

(v) ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zōravonlik holatlarining oldini oliş tizimini takomillaştiriş orqali ularning sonini keskin qisqartiriş, şuningdek, bunday holatga uçragan şaxslarni qōllab-quvvatlaş tizimini joriy etiş;

(g) oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvçilarni «maişiy zōravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlaş» maxsus kurslarida bepul ōqitiş bilan qamrab oliş darajasini 2026 yilda 50 foizga, 2027 yilda 60 foizga va 2030 yilda 100 foizga yetkaziş hamda uşbu kurslar sifati va taʼsirçanligini tubdan oşiriş.

 2026 yil 1 apreldan boşlab, himoya orderi berilgan jabrlanuvçi xotin-qizlarning aloqa vositalariga (telefon, planşet va boşqa qurilmalar) Ijtimoiy himoya milliy agentligining tazyiq va zōravonlik holatlari tōḡrisida zudlik bilan xabar beriş imkonini beruvçi («SOS» çaqiruv) «my.ihma.uz» mobil ilovasi ularning roziligi bilan ōrnatiş,

2026 yil 1 noyabrdan boşlab jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegiş), 119 (jinsiy ehtiyojni zōrlik işlatib ḡayritabiiy usulda qondiriş), 121 (şaxsni jinsiy aloqa qilişga majbur etiş), 128 (ōn olti yoşga tōlmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş), 1281 (ōn olti yoşdan ōn sakkiz yoşgaça bōlgan şaxs bilan moddiy qimmatliklar beriş yoki mulkiy yoxud boşqaça tarzda manfaatdor etiş orqali jinsiy aloqa qiliş), 129 (ōn olti yoşga tōlmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bōyiça tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergovni faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oşiriş;

(b) voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan şahvoniy şilqimlik bōyiça maʼmuriy huquqbuzarlikka oid iş hujjatlarini qilmişda jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokuror tomonidan qaror qabul qilinganidan sōng sudga yuboriş belgilangan.

Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan sodir etganlik uçun sudlangan şaxslarni manzil-koloniyalarga ōtkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritiş;

2027 yil 1 yanvardan boşlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zōravonlik bilan boḡliq jinoyatlar, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan ōtgan tergovçilar va sudyalar tomonidan tergov qilinişi va kōrib çiqilişi belgilangan.

Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qiliş va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etiş bilan boḡliq jinoyatlar uçun muqaddam sudlangan şaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganda ularga tegişinça umrbod ozodlikdan mahrum qiliş yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgilaş:

(a) o’n to’rt yoshga to’lmagan shaxsning nomusiga tegish;

(b) o’n to’rt yoshga to’lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish;

(v) ōn olti yoşga tōlmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni bir guruh şaxslar tomonidan sodir etganlik uçun oḡirroq javobgarlikni belgilaş, şuningdek, tergov va sud amaliyotidan kelib çiqqan holda Jinoyat kodeksi 129-moddasi dispozisiyasiga aniqlik kiritiş;

(d) Maʼmuriy javobgarlik tōḡrisidagi kodeksda şahvoniy şilqimlik va nikoh yoşi tōḡrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş bilan boḡliq huquqbuzarlik uçun jazo sanksiyalarini oşiriş, şuningdek, jinoyat işini qōzḡatiş rad etilgan bōlib, maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan hollarda javobgarlikka tortiş tartibini takomillaştiriş belgilangan.

Farmonning asosiy maqsadi ayollar va bolalar huquqlarini işonçli himoya qiliş, ularga nisbatan tazyiq va zōravonlik holatlarini kamaytiriş va jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş hisoblanadi.

 

Jinoyat işlari bōysiça

Denov tuman sudining sudyasi                                    B.Diyorov