“Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusida seminar-trening
15/09/2026
14-15-sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Jumladan, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i D.X.Shukurov ham faol ishtirok etmoqda. Tadbirda akkreditatsiyaning ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.