DTPIda Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

27/08/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida rektor O.A.Ruziyev raisligida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📊 Yig‘ilish davomida 2025–2026-o‘quv yilidagi professor-o‘qituvchilar reytingi, asosiy faoliyat samaradorligi KPI ko‘rsatkichlari, bitiruvchilar bandligi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, Scopus bazasidagi ilmiy maqolalar, xalqaro reytinglardagi ishtirok, ilmiy loyihalar va boshqa muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi.

🔎 Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud muammolar va kamchiliklar ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilida fakultet, kafedralar hamda mas’ul xodimlar oldiga ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

🤝 Yig‘ilish yakunida professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar institut nufuzini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish hamda yoshlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi.