Jarayon

16/04/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida buyuk adib, atoqli ma’rifatparvar, o‘zbek va tojik adabiyotining yorqin siymolaridan biri — Sadriddin Aynining 148-yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida adibning hayoti va ijodiy merosi, uning ilm-fan hamda adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari va chiqishlar namoyish etildi.

📌 Mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ulug‘ ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.