HURMATLI BITIRUVCHI KURS TALABALARI!

02/05/2026

Sizni “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi tomonidan tashkil etiladigan taqdimot-seminarga taklif qilamiz.

📅 Sana: 2026-yil 5-may (payshanba);
🕒 Vaqt: soat 14:00 da;
📍 Joy: Sh. Rashidov ko’chasi manzilidagi o‘quv binosi, faollar zali.

Seminar mavzusi:
“Teach for Uzbekistan” dasturi imkoniyatlari va maktab ta’limini rivojlantirishdagi ishtirok
Teach for Uzbekistan — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tashkilot bo‘lib, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi maktablarga iqtidorli va yetakchilik salohiyatiga ega yosh mutaxassislarni jalb qilish orqali mamlakat maktab ta’limi tizimini rivojlantirish maqsadini ko‘zlaydi.

Seminarda sizga quyidagi ma’lumotlar beriladi:
• Tashkilotning asosiy maqsadlari va faoliyati;
• Dasturda ishtirok etish imkoniyatlari;
• Bitiruvchilar uchun mavjud vakant o‘rinlar va shartlar;
• Pedagogik faoliyatga puxta tayyorgarlik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

Barchani taklif qilamiz!