Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida sentyabr oyi pedagogik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
25/09/2026
Yig‘ilishda fakultet dekani Ra’no Salomova, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Kengash davomida yangi o‘quv yilining dastlabki oyida amalga oshirilgan ishlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, talabalar davomati, o‘quv mashg‘ulotlarining sifati hamda tyutorlar faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, faoliyat davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tanqidiy ogohlantirishlar berilib, kelgusida bunday kamchiliklarni takrorlamaslik, mas’uliyatni yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.