DTPI professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 2026-yil 25-sentyabr kuni erkaklar o‘rtasida sportning “Mini futbol” va ayollar o‘rtasida “Voleybol” turi bo‘yicha “Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaga institutimizning barcha erkak va ayol professor-o‘qituvchilari va xodimlarini taklif etamiz.
G‘olib jamoalar Kasaba uyushmasi tomonidan “Mini futbol” va “Voleybol” sport turi bo’yicha: 1- o‘rin: kubog, diplom, 2 000 000 so‘m; 2- o‘rin: diplom, 1 500 000 so‘m; 3- o‘rin: diplom, 1 000 000 so‘m. miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
⏰ O’tkazilish vaqti: joriy yil 25-sentyabr, soat 14:00 da. 📌Manzil: “Ko‘zichog‘li” MFY, “Bog‘” ko’chasida joylashgan binoning sport inshooti.