SHOIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

22/09/2026

Bugun Pedagogika fakultetida “Ustozlar ulug‘” o‘n kunligi doirasida O‘zbekiston va Tojikiston Yozuvchilar uyushmalari a’zosi, taniqli shoira Saodat Sanginova bilan talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taklif etilgan mehmonlarga mahoratli o‘qituvchi Manzura Xalilova hamda shoira Roziya Badalova hamrohlik qildilar.

Uchrashuv davomida Saodat Sanginova o‘zining ijodiy faoliyati, she’rlari va adabiyotga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab, yoshlar bilan ijodiy fikr almashdi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari A.A’zamqulov, Sh.Umaraliyeva, A.Amirqulov, A.Yusupov va S.Do‘stov tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuv yoshlarning adabiyot va ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.