📅 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimi I.Karimov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rahbari O.Ro‘ziyev ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari hamda institut o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📍 Muloqotda yoshlarning muammolari, taklif hamda tashabbuslari tinglandi.
✨ Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada faol bo‘lishga undash hamda rahbarlar bilan ochiq va samimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
❇️ Shuningdek, Agentlik filiali tomonidan muloqot davomida bitiruvchi kurs talabalari hamda pedagog o‘qituvchilarning agentlik tomonidan yaratilgan test.argos.uz tizimi orqali bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
✅ Sinovdan maqsad, davlat xizmatiga ishga kirishda zarur bo‘lgan kompetensiyalar va test jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish.
📌 Muloqot yakunida institut jamoasi bilan yaqindan hamkorlik qilish va bitiruvchilarni davlat xizmatiga kirishdagi qulayliklar va imkoniyatlarni targ‘ib qilib borishlik kelishib olindi.