Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar diqqatiga!

21/09/2026

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xatiga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichida ishtirok etayotgan barcha talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan maxsus test sinovlarida qatnashadilar.
Test sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1️⃣ O‘zbekiston tarixi;
2️⃣ Axborot texnologiyalari;
3️⃣ Xorijiy til.

⚠️ MUHIM TOPSHIRIQ:
Barcha talabgorlar joriy yilning 21-sentabridan 23-sentabriga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali quyidagi maʼlumotlarni tanlab kiritishlari shart:
* 📍 Test topshirish hududi;
* 🗣 Test topshirish tili;
* 🌐 Test topshiriladigan xorijiy til.

⏳ Eslatma: Belgilangan muddatda kiritishingiz so’raladi . Fursatni boy bermay, maʼlumotlarni o‘z vaqtida kiriting!

Murojaat uchun +998977550747
@sattorov_6137