Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida professor-ōqituvçilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvçilar, magistrantlar hamda talaba-yoşlarning ilmiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy tadqiqot yōnalişlari bōyiça tajriba almaşiş va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantiriş maqsadida ilmiy seminar taşkil etildi.
Seminar iştirokçilari dastlab Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasida talabalarning puxta bilim olişlari uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar.
Seminarda Termiz davlat universitetining nufuzli olimi, kimyo fanlari doktori, professor Turaev Xayit Xudaynazaroviç iştirok etib, ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoş olimlar va izlanuvçilar bilan fikr almaşdi.
Seminar davomida ilmiy faoliyatni samarali taşkil etiş, xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar çop etiş hamda tadqiqotçining ilmiy nufuzini oşiriş bilan boḡliq muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.