DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI“QATAG‘ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLALAR, YOZMA MULOHAZALAR” TANLOVINI E’LON QILADI!

15/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari o‘rtasida jadidchilik harakati hamda qatag‘on qurbonlarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosini keng targ‘ib etish, tarixiy xotirani asrash va yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovi o‘tkaziladi.

TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan barcha talabalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

ILMIY MAQOLAGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

🔹 Hajmi — 5–10 bet;
🔹 Shrift — Times New Roman, 14;
🔹 Qator oralig‘i — 1,5 interval;
🔹 Havolalar tegishli manbalar asosida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi;
🔹 Plagiat darajasi 20 foizdan oshmasligi;
🔹 Ilmiy maqola avval nashr etilmagan bo‘lishi lozim.

YOZMA MULOHAZA (ESSE)GA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

🔹 Hajmi — 2–4 bet;
🔹 Muallifning mustaqil fikrlari asosida yozilishi;
🔹 Mavzuga to‘liq mos bo‘lishi va mavzudan chetga chiqmasligi;
🔹 Adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi.

IJODIY ISHLARNI QABUL QILISH MUDDATI:
🗓 2026-yil 15-sentabrdan 22-sentabrgacha

TALABLAR:
Ilmiy maqola va yozma mulohazalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida, Microsoft Word dasturida, Times New Roman shriftida tayyorlangan hamda ilmiy, texnik va stilistik jihatdan tahrirlangan bo‘lishi shart.

❗️ Tanlov Nizomi talablariga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

📌 Batafsil tanlov Nizomi bilan tanishish: https://drive.google.com/file/d/1alXNuwNv985MhsZYBDMflVX1dDYtMvAO/view?usp=sharing

📥 Nizom talablari asosida tayyorlangan ilmiy maqola yoki yozma mulohazani (esse) yuborish: @sattorov_6137
📞 Murojaat uchun:
+998 97 755 07 47

Telegram: @sattorov_6137

Sizning ilmiy maqolangiz yoki yozma mulohazangiz — tarixiy xotirani asrash, ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish va uni kelajak avlodga yetkazishga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lishi mumkin!