DTPI jamoasi Savitskiy muzeyiga tashrif buyurdi

15/09/2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida” forumida ishtirok etayotgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida jamoa muzey tarixi, uning noyob kolleksiyasi hamda 100 mingdan ortiq eksponatni jamlagan fondi bilan yaqindan tanishdi. Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’ati, o‘zbek va rus tasviriy san’ati, shuningdek, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroshligi namunalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.