Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetining Filologiya, ingliz tili hamda xorijiy til va adabiyoti : ingliz tili 1-bosqich yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Milliy liboslar” chellenji tashkil etildi. Chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad—yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, milliy liboslarimizning o‘ziga xosligini keng targ‘ib qilish hamda talaba-yoshlarning milliy o‘zlikni anglash darajasini oshirishdan iborat.
Tadbir davomida talabalar o‘zbek milliy liboslarining turli namunalarini namoyish etib, milliy kiyinish madaniyatiga bo‘lgan e’tiborini namoyon etdilar.
🌿 Milliy libos — millat tarixi, qadriyati va o‘zligining yorqin ifodasidir!