Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy ilmiy izlanishlar borasida tajriba almashish maqsadida Termiz Davlat universiteti nufuzli olimi, kimyo fanlari doktori, professor Turaev Xayit Xudaynazarovich ishtirokida ilmiy seminar tashkil etiladi.
🔹 Seminar mavzulari: • Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish; • H-indexni oshirish va ilmiy profilni rivojlantirish; • Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlov va loyihalarda ishtirok etish tartibi.
👨🔬Seminar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda talaba-yoshlar uchun muhim ilmiy muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
📅 Sana: 16.09.2026 ⏰ Vaqt: 13:00 📍 Manzil: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Sharof Rashidov binosi Faollar zali