Intellektual bellaşuvlarda munosib natijalar

16/09/2026

⚡️ Qoraqalpoḡiston Respublikasi Nukus şahrida ōtkazilayotgan “Yagona Ōzbekiston ḡoyasi – yoşlar ongida” forumi doirasida yoşlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlaşi va jamoaviy işlaş kōnikmalarini rivojlantiriş maqsadida debat va “Zakovat” intellektual ōyinlari taşkil etildi.

🖇 Mazkur bellaşuvlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi faol iştirok etib, munosib natijalarni qayd etdi. Xususan, debat bahslarida 2-ōrin, “Zakovat” intellektual ōyinida esa 1-ōrinni qōlga kiritdi.



🔰 Uşbu natijalar institut yoşlarining bilim va salohiyati, şuningdek, intellektual bellaşuvlardagi faolligining yorqin ifodasidir.