1-son TTJda yangi ōquv yiliga baḡişlangan uçraşuv ōtkazildi
09/09/2026
8 sentabr kuni DTPIning 1-son talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qilayotgan talaba yoşlar bilan yangi ōquv yili boşlanişi munosabati bilan uçraşuv taşkil etildi.
Unda talabalarning TTJdagi yaşaş şaroitlari, içki tartib-intizom, kun tartibi va jamoat joylaridan foydalaniş madaniyati bilan boḡliq muhim masalalar muhokama qilindi.
Talabalar turar joyi nizomi talablari asosida zarur tuşuntirişlar berilib, ularning huquq va majburiyatlari, içki tartib-qoidalarga rioya qiliş, xona va umumiy foydalaniş joylarini ozoda saqlaş, tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, yiḡiliş davomida talabalarga TTJda ular bilan işlaş, kundalik faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda tarbiyaviy masalalarda kōmaklaşişga masʼul TTJ tarbiyaçisi N.X.Şukurov taniştirildi.
Yangi ōquv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadamdir!