Tayanch doktorantura bo’yicha ilmiy ixtisosliklar

10/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’limning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Institutda tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik (PhD/DSc) va stajyor-tadqiqotchilik shakllari mavjud.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari

Tayanch doktorantura (PhD)

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladigan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Maqsadli tayanch doktorantura (PhD)

Muayyan tashkilot yoki hududning yuqori malakali ilmiy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, PhD ilmiy darajasi uchun maqsadli asosda tashkil etiladigan tayanch doktorantura shakli.

Doktorantura (DSc)

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun olib boriladigan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Maqsadli doktorantura (DSc)

Muayyan tashkilot yoki sohaning yuqori malakali ilmiy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, DSc ilmiy darajasi uchun maqsadli asosda tashkil etiladigan doktorantura shakli.

Mustaqil izlanuvchilik (PhD/DSc)

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda PhD yoki DSc ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish shakli.

Stajyor-tadqiqotchilik

Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ilmiy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim shakli.

Institutda mavjud ixtisosliklar

Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha jami 8 ta ixtisoslik bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlangan (2027-yil qabul kvotalari asosida). Muayyan qabul davrida qaysi ixtisosliklar bo‘yicha qabul amalga oshirilishi tasdiqlangan qabul kvotalari asosida belgilanadi:

Shifr

Ixtisoslik nomi

1

01.01.05

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

2

02.00.13

Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

3

03.00.07

O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi

4

05.01.04

Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti

5

05.01.08

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish

6

07.00.01

O’zbekiston tarixi

7

08.00.07

Moliya, pul muomalasi va kredit

8

10.00.01

O’zbek tili

Talabgorlarning tanlangan ixtisoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholash tartibi Institut Ilmiy kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Uslubiy ko‘rsatmaga muvofiq amalga oshiriladi.