Seminar bo‘lib o‘tdi

09/09/2026
TDTU Termiz filialida “Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari ham faol ishtirok etishdi.



Seminarda oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etishning zamonaviy va samarali usullari, nizoli vaziyatlarda tomonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida mediatsiya — nizolashayotgan tomonlarning o‘zaro maqbul yechimga kelishiga ko‘maklashuvchi muhim huquqiy mexanizm ekani ta’kidlandi.

Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli huquqiy va amaliy tavsiyalar oldilar.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, nizolarni zo‘ravonlik va keskin qarama-qarshiliklarsiz, tinch muzokara hamda kelishuv asosida hal etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.